darsga qaytish

Elementlarni qidirish

muhimlik: 4

Bu yerda jadval va forma bilan hujjat berilgan.

Qanday topish kerak?…

  1. id="age-table" bilan jadvalni.
  2. Ushbu jadval ichidagi barcha label elementlarini (ulardan 3 tasi bo’lishi kerak).
  3. Ushbu jadvaldagi birinchi td ni (“Yosh” so’zi bilan).
  4. name="search" bilan form ni.
  5. Ushbu formadagi birinchi input ni.
  6. Ushbu formadagi oxirgi input ni.

table.html sahifasini alohida oynada oching va buning uchun brauzer vositalaridan foydalaning.

Buni qilishning ko’plab usullari mavjud.

Ulardan ba’zilari:

// 1. `id="age-table"` bilan jadval.
let table = document.getElementById('age-table')

// 2. Ushbu jadval ichidagi barcha label elementlari
table.getElementsByTagName('label')
// yoki
document.querySelectorAll('#age-table label')

// 3. Ushbu jadvaldagi birinchi td ("Age" so'zi bilan)
table.rows[0].cells[0]
// yoki
table.getElementsByTagName('td')[0]
// yoki
table.querySelector('td')

// 4. "search" nomi bilan forma
// hujjatda name="search" bilan faqat bitta element bor deb faraz qilib
let form = document.getElementsByName('search')[0]
// yoki, aniq forma uchun
document.querySelector('form[name="search"]')

// 5. Ushbu formadagi birinchi input.
form.getElementsByTagName('input')[0]
// yoki
form.querySelector('input')

// 6. Ushbu formadagi oxirgi input
let inputs = form.querySelectorAll('input') // barcha inputlarni topish
inputs[inputs.length-1] // oxirgisini olish