darsga qaytish

Superqahramonlarni maydon bo'ylab harakatlantiring

Bu vazifa Drag’n’Drop va DOMning bir qancha jihatlarini tushunishingizni tekshirishga yordam beradi.

Barcha elementlarni draggable klassi – sudrab olinadigan qilib qo’ying. Bobdagi to’p kabi.

Talablar:

  • Drag startni kuzatish uchun hodisa delegatsiyasidan foydalaning: mousedown uchun document da bitta hodisa ishlov beruvchisi.
  • Agar elementlar oynaning yuqori/pastki chetlariga tortilgan bo’lsa – keyingi sudrab olish uchun sahifa yuqoriga/pastga aylantiriladi.
  • Gorizontal aylantirish yo’q (bu vazifani biroz soddalashtiradi, qo’shish oson).
  • Sichqonchaning tez harakatlanishidan keyin ham sudrab olinadigan elementlar yoki ularning qismlari hech qachon oynadan chiqmasligi kerak.

Namoyish juda katta, shuning uchun bu yerda havola.

Yangi oynada namoyish

Vazifa uchun sandbox-ni oching.

Elementni sudrab olib borish uchun biz position:fixed dan foydalanishimiz mumkin, bu koordinatalarni boshqarishni osonlashtiradi. Oxirida elementni hujjatga joylashtirish uchun uni yana position:absolute ga o’tkazishimiz kerak.

Koordinatalar oynaning yuqori/pastki qismida bo’lsa, biz uni aylantirish uchun window.scrollTo dan foydalanamiz.

Batafsil ma’lumot kodda, izohlarda.

Yechimni sandbox-da oching.