Kengaytirilgan tezkor tugmalar
code1, code2, …, code_n kodlari bilan tugmalarni bir vaqtda bosish bilan func ishlaydigan runOnKeys(func, code1, code2, ... code_n) funksiyasini yarating.
Misol uchun, quyidagi kodda "Q" va "W" birga bosilganda alert ko’rsatiladi (har qanday tilda, CapsLock bilan yoki bo’lmasdan)
runOnKeys(() => alert("Salom!"), "KeyQ", "KeyW");
Biz ikkita ishlov beruvchidan foydalanishimiz kerak: document.onkeydown va document.onkeyup.
Hozir bosilgan tugmachalarni ushlab turish uchun pressed = new Set() to’plamini yarataylik.
Birinchi ishlov beruvchi unga qo’shadi, ikkinchisi esa undan olib tashlaydi. Har safar keydown da bizda yetarlicha tugmalar bosilganligini tekshiramiz va agar shunday bo’lsa, funktsiyani ishga tushiramiz.