Tooltip xatti-harakati
Tooltip xatti-harakati uchun JavaScript kodi yarating.
Sichqoncha data-tooltip ga ega element ustiga kelganda, tooltip uning ustida paydo bo’lishi kerak, va ketganda yashirinishi kerak.
Izohli HTML misoli:
<button data-tooltip="tooltip element uzunligidan uzunroq">Qisqa tugma</button>
<button data-tooltip="HTML<br>tooltip">Yana bir tugma</button>
Quyidagicha ishlashi kerak:
Ushbu vazifada biz data-tooltip ga ega barcha elementlarda faqat matn borligini taxmin qilamiz. Ichki teglar yo’q (hozircha).
Tafsilotlar:
- Element va tooltip orasidagi masofa
5pxbo’lishi kerak. - Tooltip imkon qadar elementga nisbatan markazlashtirilgan bo’lishi kerak.
- Tooltip oyna chegaralarini kesib o’tmasligi kerak. Odatda u element ustida bo’lishi kerak, lekin agar element sahifa tepasida bo’lsa va tooltip uchun joy bo’lmasa, u holda ostida bo’lishi kerak.
- Tooltip mazmuni
data-tooltipatributida berilgan. U ixtiyoriy HTML bo’lishi mumkin.
Bu yerda ikkita hodisa kerak bo’ladi:
mouseoverko’rsatkich element ustiga kelganda ishga tushadi.mouseoutko’rsatkich elementni tark etganda ishga tushadi.
Iltimos, hodisa delegatsiyasidan foydalaning: data-tooltip ga ega elementlardan barcha “kelish” va "ketish"larni kuzatish va u yerdan tooltiplarni boshqarish uchun document da ikkita ishlov beruvchi o’rnating.
Xatti-harakat amalga oshirilgandan so’ng, hatto JavaScript bilan tanish bo’lmagan odamlar ham izohli elementlar qo’shishlari mumkin.
P.S. Bir vaqtda faqat bitta tooltip ko’rsatilishi mumkin.