Ikki funktsiya - bitta obyekt
A
va B
funktsiyalarini new A()==new B()
kabi yaratish mumkinmi?
function A() { ... }
function B() { ... }
let a = new A;
let b = new B;
alert( a == b ); // true
Agar shunday bo’lsa, unda ularning kodlariga misol keltiring.
Ha, mumkin.
Agar funktsiya obyektni qaytarsa, u holda new
uni this
o’rniga qaytaradi.
Shunday qilib, ular, masalan, bir xil tashqi aniqlangan obyektni qaytarishlari mumkin:
let obj = {};
function A() {
return obj;
}
function B() {
return obj;
}
alert(new A() == new B()); // true