Matnni kesib oling
str uzunligini tekshiradigan truncate(str, maxlength) funktsiyasini yarating va agar u maxlength dan oshib ketsa – str ohirini "..." ellipsis belgisi bilan almashtiring, uzunlik maxlength ga teng.
Funktsiyaning natijasi kesilgan (kerak bo’lsa) matn bo’lishi kerak.
Masalan:
truncate("Ushbu mavzu bo'yicha men aytmoqchi bo'lgan narsa:", 20) = "Ushbu mavzu bo'yicha..."
truncate("Hammaga salom!", 20) = "Hammaga salom!"
Maksimal uzunlik maxlength bo’lishi kerak, shuning uchun biz ellipsis uchun joy berish uchun uni biroz qisqartirishimiz kerak.
Aslida ellipsis uchun bitta unikod belgisi mavjudligiga e’tibor bering. Bu uchta nuqta emas.
function truncate(str, maxlength) {
return str.length > maxlength ? str.slice(0, maxlength - 1) + "…" : str;
}