To'liq tegni toping
<style...> tegini topish uchun regexp yozing. U toʻliq tegga mos kelishi kerak: unda <style> atributlari boʻlmasligi yoki ularning bir nechtasi <style type="..." id="..."> boʻlishi mumkin.
…Lekin regexp <styler> bilan mos kelmasligi kerak!
Masala:
let regexp = /sizning regexp/g;
alert('<style> <styler> <style test="...">'.match(regexp)); // <style>, <style test="...">
Naqsh boshlanishi aniq: <style.
Lekin biz shunchaki <style.*?> yoza olmaymiz, chunki <styler> unga mos keladi.
Bizga <styledan keyin bo’sh joy, so’ngra ixtiyoriy ravishda boshqa narsa yoki > tugashi kerak.
Regexp tilida: <style(>|\s.*?>).
Amalda:
let regexp = /<style(>|\s.*?>)/g;
alert('<style> <styler> <style test="...">'.match(regexp)); // <style>, <style test="...">