HTML izohlarni topish
Matndagi barcha HTML izohlarini toping:
let regexp = /sizning regexpiyingiz/g;
let str = `... <!-- Mening -- izohim
test --> .. <!----> ..
`;
alert(str.match(regexp)); // '<!-- Mening -- izohim \n test -->', '<!---->'
Sharhning boshini <!--, keyin esa --> oxirigacha hamma narsani topishimiz kerak.
Qabul qilinadigan variant <!--.*?--> – dangasa kvantifikator nuqtani --> oldidan to’xtatadi. Shuningdek, nuqta yangi qatorlarni o’z ichiga olishi uchun s bayroqchasini qo’shishimiz kerak.
Aks holda ko’p qatorli sharhlar topilmaydi:
let regexp = /<!--.*?-->/gs;
let str = `... <!-- Mening - izohim
test --> .. <!----> ..
`;
alert(str.match(regexp)); // '<!-- Mening -- izohim \n test -->', '<!---->'