darsga qaytish

border-left-width ni borderLeftWidth ga o'zgartiring

“my-short-string” singari chiziqcha bilan ajratilgan so’zlarni tuya registr “myShortString” ga o’zgartiradigan camelize(str) funktsiyasini yozing.

Ya’ni: barcha chiziqlarni olib tashlaydi, chiziqdan keyingi har bir so’z tepa registr harfga aylanadi.

Masalan:

camelize("background-color") == "backgroundColor";
camelize("list-style-image") == "listStyleImage";
camelize("-webkit-transition") == "WebkitTransition";

P.S. Maslahat: matnni massivga bo’lish, uni o’zgartirish uchun split dan foydalaning va qo’shilish uchun join.

Sinovlar bilan sandbox-ni oching.

function camelize(str) {
  return str
    .split("-") // 'my-long-word' ni ['my', 'long', 'word'] massivga bo'ladi
    .map(
      // birinchisidan tashqari barcha massiv elementlarining birinchi harfini katta qiladi
      // ['my', 'long', 'word'] ni ['my', 'Long', 'Word'] ga aylantiradi
      (word, index) =>
        index == 0 ? word : word[0].toUpperCase() + word.slice(1)
    )
    .join(""); // ['my', 'Long', 'Word'] ni 'myLongWord' ga birlashtiradi
}

Yechimni sandbox-dagi sinovlar bilan oching.